Ordenning Oʻzbekistonning Belarusdagi elchixonasi vakillariga tantanali topshirish marosimi 18-martda Grodno oblasti harbiy komissariatida boʻlib oʻtdi. “Qizil Yulduz ordenini Grodnoda yashovchi kishi rafiqasining vafot etgan ota-onalarining buyumlari orasidan tasodifan topib olgan va bu haqda harbiy komissariatga murojaat qilgan”, — deydi Grodno shahri va Grodno rayoni harbiy komissariat mutaxassisi Oleg Nazarov. — Maʼlum boʻlishicha, mukofot egasi oʻzbekistonlik leytenant Shavkat Kariyev boʻlgan ekan. Qahramonimiz 1944-yilda Belarusni ozod qilishda halok boʻlgan ekan. Orden urushdan keyin Grodnoda yashagan, oʻsha vaqtdagi batalyon shtab boshligʻida saqlanib qolgan ekan. Marhumning qarindoshlarini topishning iloji boʻlmagan. Uning ukasi ham urushda vafot etgan ekan. Otasi esa urushdan avval repressiya qurboni boʻlgan ekan. Oʻsha vaqtda teatr aktrisasi boʻlgan onasi esa oʻgʻillari musibatiga bardosh bera olmay vafot etgan ekan. Mukofotni Oʻzbekiston elchixonasiga topshirishga qaror qilingan.

Dmitriy Peresada Qizil Yulduz ordenini Oʻzbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi vaqtinchalik ishonchli vakili Daniyar Abidovga topshirdi, deb xabar beradi MDH ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmati.