Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma'lum qildi.
Unga ko'ra, dron soat 00:55 da urib tushirilgan. To'rt nafar qo'riqchi yengil jarohat olgan. Shaxsiy tarkib bu paytda qo'riqlanadigan binolarda edi.
“Uchuvchisiz uchish qurilmalari havoda portlab, tomga zarar yetkazdi va oynani sindirdi. Tushib ketgan parchalar kichik yong'inga sabab bo'ldi va tezda o'chirildi, dedi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov.
Checheniston rahbari hujumda Ukrainani aybladi va frontda javob qaytarilishi bilan tahdid qildi. Uning so'zlariga ko'ra, Checheniston Respublikasidan 84 ming nafar ko'ngilli va bo'linma jangchilaridan iborat rezerv birinchi buyruq asosida oldinga o'tishga tayyor, deb xabar beradi lenta.ru.