Grozniyga dronlar hujum qildi

    Bugun ertalab Grozniyga uchta dron hujum qildi, dedi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o'zining Telegram-kanalida.

    “Bugun ertalab Grozniyga uchta uchuvchisiz uchish qurilmasi hujum qildi, ularning ikkitasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirildi, uchinchisi Rossiya gvardiyasining Checheniston Respublikasi bo'yicha boshqarmasining AXMAT-Grozniy maxsus maqsadli mobil otryadi hududiga tushdi.

    Ramzan Qodirovning aniqlik kiritishicha, hujumda qurbonlar va jarohatlanganlar yo'q.

    Shu bilan birga, Qodirov Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya hududidagi obyektlarga hujum qilishga bo'lgan har qanday urinishga javob “aniqroq va qat'iyroq” bo'lishini ta'kidladi. “Shuning uchun bugun men ko'p sonli ukrainalik fashistlarning joylashuvi to'g'risida razvedkachi askarlarimiz tomonidan to'plangan operativ ma'lumotlarni uzatdim. Natijada, kunduzi soat 12 da Rossiya Aerokosmik kuchlari “Iskander” vositasida 82-alohida havo hujumi brigadasi askarlari joylashgan Xarkovdagi obyektlardan biriga ikki bor zarba berdi”, dedi u.

    Qodirov ta'kidlaganidek, rossiyalik harbiylarning harakatlari natijasida 200 ga yaqin ukrainalik jangari yo'q qilingan.

    Kiyev deyarli har kuni uchuvchisiz uchish qurilmalari vositasida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi nishonlarga hujum qilishga harakat qilyapti. Havo hujumidan mudofaa kuchlari dushman uchish qurilmalarini muvaffaqiyatli tutib olmoqda, deb xabar beradi ria.ru.