Gruziyaning Mtavari Archi telekanali xabariga koʻra, Gruziya va Rossiya hukumatlari diplomatik munosabatlarni tiklash ustida ish olib bormoqda. Xabarda aytilishicha, “Gruziya orzusi” partiyasi Rossiya hukumati bilan munosabatlarni tiklash boʻyicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Maʼlumotlarga qaraganda, Gruziya hozirdanoq mamlakatning Moskvadagi diplomatik vakolatxonasida ishlash uchun xodimlarni tanlab olishni boshlagan.
Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar 2008-yili Moskva Abxaziya va Janubiy Osetiya davlatlari mustaqilligini tan olgandan keyin toʻxtab qolgan edi.