Bugun Xalqaro ekspert Nurafshon shahrida boʻlib, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi Ilhomjon Abdusattorov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda sohani tahlil qilish va kelgusida takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar xususida fikr almashildi. Shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida keng koʻlamli hamkorlikning oʻzaro aloqalarni rivojlantirish bilan bogʻliq loyihalarni ishlab chiqish masalalari ham muhokama qilindi.

Maqsad — Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy hamda yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasiga oid qonunchilikni oʻrganish va xalqaro tajriba asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Ushbu ikki tomonlama uchrashuv chogʻida davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida keng koʻlamli hamkorlikning oʻzaro aloqalarni rivojlantirish bilan bogʻliq loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro ekspert tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasiga oid qonunchilikni oʻrganish va xalqaro tajriba asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, xalqaro ekspert qoʻshma loyiha doirasida ishlab chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini rivojlantirishning besh yillik strategiyasi, Davlat xizmatlarini koʻrsatishda standartlar va tizimni yana-da takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqadi.

Xalqaro ekspert Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasining 2021-yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga asosan jalb etilgan.

Shuningdek, xalqaro ekspert Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi, deya xabar beradi DXA Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.