Gruziyaning Isroildagi elchixonasi yaqiniga snaryad tushdi

    Gruziyaning Isroildagi elchixonasi Tel-Aviv chekkasidagi idorasi yaqiniga snaryad tushgani haqida xabar berdi.

    Bu haqda diplomatik vakolatxonaning Facebookdagi sahifasida ma'lum qilingan.

    “Bugun elchixona joylashgan bino yaqiniga snaryad tushdi”, deyiladi xabarda.

    Qayd etilishicha, binoga zarar yetmagan. Qurbonlar haqida ma'lumot berilmayapti.

    Diplomatik missiya Isroil xavfsizlik xizmatlari ko'rsatmalariga amal qilgan holda o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Isroildagi Gruziya fuqarolariga mahalliy hokimiyat ko'rsatmalariga qat'iy rioya qilish tavsiya etildi, deb xabar beradi report.az.