Gruziyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Xalqaro hamkorlik 20 Fevral 2025 1301

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gruziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan David Kotaria bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish yoʻllarini muhokama qilinib, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.

    “Bugun ularning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik. Tashqi ishlar vazirligi janob Elchini Oʻzbekistonda samarali diplomatik missiyasini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyordir“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.