Lekin, “GSP+”ga kiradigan 6 ming 200 ta bojsiz mahsulotning bor-yoʻgʻi 325 turi eksport qilinayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Sababi - korxonalarimiz yirik yetkazib berish zanjirlariga qoʻshila olmayapti, xalqaro sertifikati yoʻq. Sifati yaxshi boʻlsa ham, mahsulotini sota olmayapti.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga Yevropaga kelgusi yilda sanoat eksportini 600 ta mahsulotga, eksport hajmini 700 million dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.