— Bu esa, oʻz navbatida, ushbu mahsulotlar hisobiga respublikada aviatsiya xablarini tashkil qilish hamda yuk tashishda xizmat qiladigan yirik logistika kompaniyalarini rivojlantirishga mustahkam zamin yaratadi. Yana bir muhim jihati shundaki, zavodni elektr energiyasi bilan taʼminlashda ham innovatsion yechimlar qoʻllangan.

Yaʼni, texnologik jarayonlarda hosil boʻladigan bugʻ hisobidan, yiliga 650 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, zavod oʻzini oʻzi energiya bilan taʼminlaydi.