Yaqinda oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra, imzolangan eksport shartnomasi shartlariga muvofiq, joriy yil sentyabr oyidan boshlab yil yakuniga qadar 100 ming tonna sintetik dizel yoqilgʻisini Yevropa va boshqa chet el davlatlariga yetkazib berilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yil 11-sentyabrda “Uzbekistan GTL” zavodidan sintetik dizelning birinchi partiyasi yuklanib, Gruziya orqali Yevropaga eksportga joʻnatildi.
Eʼtiborlisi shundaki, eksport qilinayotgan sintetik dizel narxi ichki bozorga birja savdo platformalari orqali yetkazib berilayotgan narxga nisbatan yuqori va raqobatbardosh narxlarda sotuvlari amalga oshirilyapti.
Taʼkidlash joizki, “Uzbekistan GTL” zavodida 2023-yilda “Yevro-6” toifasidagi 1 million tonnadan ortiq ekologik toza, yuqori sifatli va milliy va xalqaro standartlarga toʻlaqonli javob beradigan sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Zavodning ishlab chiqarish quvvati ichki bozorning yuqori sifatli dizel yoqilgʻisiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish imkoniga ega. “Uzbekistan GTL” mahsulotlari har kuni ichki bozor uchun “OʻzRTXB” AJning savdo maydonchalariga uzluksiz tarzda joylashtirilib kelinyapti.
GTL dizelini eksportga yetkazib berish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirilyapti, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.