Bu haqda Xitoy markaziy televideniesi ma'lum qildi.
Avvalroq ikki kishi halok bo'lgani va uch kishi bedarak yo'qolgani haqida xabar berilgan edi.
Konteyner tashuvchi kema ko'prikning bir qismini buzib tashlagach, ikkita pikap suvga, mikroavtobus, yuk mashinasi va elektromoped kema ustiga tushib ketgan.
Voqea payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:30 da shaharning Nansha tumanida sodir bo'lgan. Ekipajning xatosi tufayli konteyner tashuvchi kema yo'l ko'prigining tayanchlaridan biriga urildi, ko'prikning bir qismi qulab tushgan, deb xabar beradi report.az.