Muzokaralarda “Katta koʻrfaz” hududidan yurtimizga turistlarni jalb etish maqsadida Guanchjou shahridan aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish istiqbollari, 2024-yilda turizm sohasida qoʻshma tadbirlar masalasi muhokama etildi. Shuningdek, tomonlar Guanchjou turizm yarmarkasida Oʻzbekiston milliy stendi bilan ishtirok etishi yuzasidan kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun: “Katta koʻrfaz” — Xitoydagi iqtisodiy hududi boʻlib, u Gonkong, Makao va janubiy Guandundagi 9 yirik shaharni (Guanchjou, Shenchjen, Chjuxay, Donguan, Chjunshan, Foshan, Xuyeychjou, szyanmen va Chjatsin) oʻz ichiga oladi.