Oʻrganish davomida neft mahsulotlarining saqlanishi, isteʼmolchilarga yetkazib berilishi, debitorlik, kreditor qarzdorliklar bilan koʻplab nooʻrin xarajatlar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka rioya qilinmaslik holatlari aniqlandi. Jamiyat va filial rahbariyati hamda muttasadi xodimlarining oʻz vazifalariga sovuqqonlik bilan yondoshishi oqibatida

Jamiyatning 2022-yil 1-mart kuni holatiga jami debitor qarzdorlik 24 692,5 mln soʻmni tashkil qilgan boʻlib, masʼul xodimlar tomonidan vaqtida undirish choralari koʻrilmaganligi natijasida 9 089,2 mln soʻm “umidsiz” qarzdorlikga aylanib ulgurgan. Jamiyat masʼul xodimlari tomonidan 3 226,9 mlrd. soʻmlik neft mahsulotlari kamomadini yashirish maqsadida Klasterlar hamda faoliyat yuritilib turgan va tugatilgan fermer xoʻjaliklariga toʻlovsiz rasmiylashtirilib debitorlik qarzdorlikda aks ettirilgan.

Shuningdek, “Guliston neft bazasi” MCHJ va Sirdaryo filiali qarashli AYOQSHlar va FYOTSHlarda jami 10 852 litr qiymati 98,2 mln soʻmlik neft mahsulotlaridan kamomadi aniqlandi va amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur mablagʻlar Jamiyat hisob raqamiga toʻliq qaytarildi.

Sirdaryo filialning 2021-yilning sentyabr oyi hisobotlarida haqiqatda mavjud korxonalardan 146,5 mln soʻmlik muddati oʻtgan debitorlik qarzdorliklari asossiz ravishda hisobotdan chiqarilib, Jamiyatning zarariga olib borilgan.

Neftni qayta ishlash zavodining neft mahsulotlarini “masʼul saqlash” yuzasidan tuzilgan shartnoma talablari buzilgan holda Zavodga qarashli masʼul saqlashdagi 372,0 tonna EKO dizel yoqilgʻisini belgilangan tartibda birja savdolari orqali sotib olmasdan, asossiz isteʼmolchilarga sotib yuborilishiga yoʻl qoʻyilgan.

Jamiyat va filial mansabdor shaxslari tomonidan oʻz mansab vakolatlarini suisteʼmol qilgan holda Jamiyatning hisob raqamidan 419,6 mln soʻm pul mablagʻlarini shaxsiy manfaatini koʻzlagan holda hech qanday asoslarsiz oʻzlarining plastik kartalariga oʻtkazgan va oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborilgan. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida aybdor xodimlardan Jamiyat hisob raqamiga toʻliq qaytarildi.

Jamiyat mansabdor shaxsi tomonidan Jamiyat balansida boʻlgan jami 23 dona bozor qiymati jami 310,0 mln soʻmlik sigʻimlar asossiz hisobdan chiqarib Jamiyatga zarar yetkazilgan.

“Oʻzbekneftgaz” AJ tizimida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olishga qaratilgan keng koʻlamli amaliy ishlarga qaramasdan Jamiyat mansabdor shaxslar tomonidan Oʻzbekiston

Respublikasi qonun xujjatlariga zid ravishda jami 2 696,6 mln soʻmlik manfaatlar toʻqnashuvi holatlari yaʼni oʻzlarining yaqin qarindoshlariga tegishli boʻlgan korxonalarga neft mahsulotlarini berib yuborish hamda xarid qonunchiligiga zid ravishda shartnomalar tuzish holatlari aniqlangan.

Aniqlangan holatlar boʻyicha kamchiliklarni undirish va vaziyatga huquqiy baho berish uchun oʻrganish hujjatlari tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati