Viloyat markazi Guliston shahrining jamoat transportida avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini joriy etish boʻyicha Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi boshligʻi Oybek Erbekov, ATTO hududiy menejeri B.Sabirov, UZCARD boʻyicha mutaxassisi D.Shoyokubov hamda mahalliy tashuvchi korxonalar rahbarlari oʻrtasida mazkur tizim yuzasidan fikr almashildi va ushbu tizimni joriy etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Birinchi bosqichda Guliston shahar ichi yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatuvchi 60 dan ortiq avtobuslarda avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini joriy etish belgilangan.
Shahar jamoat transportida avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi joriy etishdan asosiy maqsad, aholiga sifatli transport xizmatini tashkil etishdan iborat.
Tizim tez kunlarda ishga tushiriladi, deb xabar beradi sxabar.uz Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi maʼlumotiga tayanib.