"Guliston-Toshkent-Chinorkent" yoʻnalishida yangi elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

    Transport 28 Mart 2025 1870

    Ushbu zamonaviy transport vositasi 586 oʻrindiqli boʻlib, tik turgan yoʻlovchilar bilan birga mingdan ortiq kishiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.

    Qayd etilishicha, elektropoyezd Gulistondan Chinorkentgacha boʻlgan masofani 3 soat 30 daqiqada bosib oʻtadi.

    • Yoʻl haqi Gulistondan Toshkentgacha 20 ming soʻm, Gulistondan Chinorkentgacha kattalar uchun 40 ming soʻm, bolalar uchun esa 23 ming soʻm.

    Toʻlovni ATTO transport kartasi orqali yoki temiryoʻl chiptaxonalaridan amalga oshirish mumkin.

    Elektropoyezd har kuni qatnaydi. Uning harakat jadvali quyidagicha:

    • Gulistondan joʻnash: 06:11;
    • Chinorkentdan qaytish: 15:43.