Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Yulduz” mahallasida yangi qurilgan uy-joylarda oʻtkazilgan nazorat oʻlchovida, “A.Oʻ.” MCHJ rahbari hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 272,3 mln soʻm byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari A.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.