Ertalab soat 10 ga yaqin Guliston tumani “A.Navoiy” MFY hududidan oʻtgan 4R-27 avtomobil yoʻlining 20 kilometrida Guliston- Dehqonobod yoʻnalishi boʻyicha kelayotgan “Neksiya-2” avtomashinasi qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Neksiya-2” rusumli avtomashinaning old oʻng tomoniga borib urilishi oqibatida YTH sodir etilgan.

Natijada bir yoʻlovchi olgan tan jarohatlari ogʻirligidan vafot etgan. Yoʻlning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan “Neksiya-2” avtomashinasi haydovchisi va ikki nafar yoʻlovchi tan jarohati olib shifoxona jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.