Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahri boʻlimi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “S.I.T.” MCHJ boʻlim mutaxassisi E.V. YATT A.R.ning ishlab chiqarish sexida suv taʼminotidan 17 mln soʻm qarzdorligini yoʻq qilib, yangi hisoblagich oʻrnatib berishi evaziga MCHJ xodimi Q.J. orqali 4,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.