Undan maʼlum boʻlishicha, Guliston shahar “Ahillik” mahallasi hududidan oʻtuvchi Oʻzbekiston shox koʻchasida fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan “Neksiya-2” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlni kesib oʻtayotgan ikki kishini urib yuborib YTH sodir etgan.

Natijada jabrlanuvchilardan biri chap umrov suyagi oʻrta uchligidan yopiq sinib siljishi tashxisi bilan Guliston shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Guliston shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.