Komissiya Mangistau viloyati bilan chegaradosh boʻlgan Qoraqalpogʻiston tarkibidagi uchastkasi uchun davlatlararo chegarani belgilash boʻyicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni davom ettirdi.

Komissiya yigʻilishi davomida Sardoba suv ombori toʻgʻonining oʻpirilishi natijasida buzilgan chegara ustunlarini tiklash maqsadida Qozogʻiston Respublikasining Turkiston viloyati bilan chegarasi boʻylab Oʻzbekiston Respublikasining Sirdaryo va Jizzax viloyatlari chegaralarida Oʻzbekiston — Qozogʻiston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida dala tekshiruvi oʻtkazildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.