Qayd etilishicha, gullar Festivali munosabati bilan 29-apreldan 3-maygacha quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi:
- — Zarafshon koʻchasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qoʻriqlash punkti va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;
- — Istiqlol koʻchasining A.Temur va Buyuk Turon koʻchalari oraligʻidagi qismi;
- — Buyuk Turon koʻchasining Istiqlol koʻchasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha boʻlgan qismi.
Maʼlumot uchun festivalning asosiy tadbirlari Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi.








