“Mashhur-Gold drenxous” xususiy korxonasi ohak va ohaq toshidan kalsiy karbonat pardoz g'ishti va yo'lak plitalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda. Ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan karbonatlangan g'isht mustahkamligi (300-500 markali), o'ta silliqligi, qayta ishlashni talab qilmasligi, issiq-sovuqqa chidamliligi va g'oyatda bejirimligi bilan jahon standarti talablariga to'la javob beradi.  eng asosiysi, bu mahsulotlar asosan eksportga chiqariladi.

Shuningdek, tumanda innovatsion usulda dekorativ mebellar va suvenirlar ishlab chiqarish loyihasi ham amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ushbu loyiha asosida zamonaviy texnologiyalar asosida 3D ko'rinishdagi  dekoratsiya va tabiiy buyumlarni uyg'unlashtirgan holda yangicha ko'rinishdagi mahsulotlar yaratiladi.

Hozirda viloyatga xorijlik sayyohlar oqimi tobora oshib borayotgani inobatga olinib, mazkur loyiha asosida sayyohlar uchun yangi yo'nalishda milliy va dekorativ ko'rinishdagi suvenirlarni ishlab chiqarish nazarda tutilgan. Bunda yangi texnologiyalarga asoslangan holda qo'l mehnati orqali  mayda detellardan hayratlanarli san'at asarlari yaratish imkoniyati bor.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ushbu ikkita startap loyihaning moliyalashtirilishga qaror qilingani qisqa muddatda tumanning eksport salohiyatini bir necha marta oshiradi.

                                                    Ro'zimboy Hasan,

                                                 “Yangi O'zbekiston” muxbiri