Gurlan tumanida yangi sport majmuasi qurilishi boshlandi. Majmuada 14ta sport turi, jumladan, futbol, voleybol, basketbol, ogʻir atletika, dzyudo, badiiy gimnastika, tennis bilan shugʻullanish uchun zamonaviy sport zallari, tennis kortlari boʻladi va bir vaqtning oʻzida 600 nafar yosh tajribali murabbiylar qoʻlida shugʻullanish imkoniga ega boʻladi.

Viloyatning chekka tumanida barpo qilinayotgan yirik sport majmuasini yil oxirigacha ishga tushirish rejalashtirilgan.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.