“Men Antarktidaga BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasi arafasida keldim. Bu yerdagi muzlar rekord darajada erimoqda, bu dengiz sathining ko'tarilishiga, butun dunyo bo'ylab qirg'oqlarda hayot va tirikchilik manbalariga xavf tug'dirmoqda. Iqlim inqirozini nazoratga olamiz”, deb yozdi tashkilot rahbari X (oldingi Twitter) ijtimoiy tarmog'ida, 30-noyabrdan 12- dekabrgacha Dubayda bo'lib o'tadigan anjuman arafasida.

Oktabr oyi oxirida BMT Bosh kotibi Everest tog'ining etagiga tashrif buyurgandi va u yerda “iqlim inqirozining dahshatli oqibatlarini” ko'rgandi va haroratning oshishiga qarshi kurashishga chaqirgandi, deb xabar beradi tass.ru.