Oilalar bilan ishlashda Boʻstonliq tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi xodimlari tomonidan bir qator amaliy chora-tadbirlar hayotga joriy etilmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida FHDYO boʻlimi tomonidan “Qoramozor”, “Dumaloq”, “Xoʻja” va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻinida “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga tibbiy, huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish borasida uchrashuvlar oʻtkazildi, xotin-qizlar bilan yaqindan muloqot olib borildi. Mahallalar hududidagi sharʼiy nikohda yashovchi oilalar oʻrganilib, ularga qonuniy nikohdan oʻtish boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Muammolarning oʻz vaqtida hal etilishi natijasida sharʼiy nikohda boʻlgan 20 ta oila “Ayollar daftari”dan chiqarilib, nikohlari qonuniylashtirildi.

Tadbir davomida “Dumaloq” MFYda istiqomat qiluvchi Xaniyar Urdashov va Rahima Tillabayeva qonuniy nikohdan oʻtdi. Farzandlariga esa otalik belgilanib, tugʻilganlik haqida guvohnomalar topshirildi, deya xabar beradi DXA Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.