M.Panjiyev 1981-yilda Kasbi tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy - Qarshi davlat universiteti va Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali magistraturasini tamomlagan.
Maqsud Panjiyev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.