Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻuzor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar P.E. va boshqalar oldindan til biriktirib, “G.Q.” MCHJga qarashli “Qashqadaryo” daryosi oʻzanida joylashgan yer maydonidan 17,4 ming m3 qum-shagʻal aralashmasini oʻzboshimchalik bilan qazib olganliklari natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga 322,1 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.