Gʻuzorda ehtiyojmand oilalar va nogironligi bor shaxslar holidan xabar olinishi zamirida ham ularga ozgina bo‘lsada ko‘mak va mehr ko‘satish kabi ezgu maqsad mujassam.
Tumanda tashkil etilgan bu xayrli tadbirga saxovatli insonlar, deputatlar, tashabbuskor tadbirkorlar va mahalla faollari ham o‘z hissalarini qo‘shib, 1000 nafardan ortiq ehtiyojmand fuqarolarga pul mablag‘lari va oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.
Saxovat tadbirlari tuman bo‘ylab barcha mahallalarda davom etmoqda.