Buning uchun Gʻuzor tumanida Oʻzbekiston-Kanada qoʻshma korxonasi tomonidan 30 million dollar investitsiya mablagʻlari jalb qilinib, 5 ming gektar foydalanishdan chiqqan yerlarda soya yetishtirish, qayta ishlash va 6 ming tonna soya moyi ishlab chiqarish va qadoqlash korxonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish loyihasi ishga tushiriladi.
Shuningdek, “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi tizimidagi “Kosonyogʻ” AJ va “Qarshiyogʻ” AJ korxonalari tomonidan 6 ming gektar foydalanishdan chiqqan yerlarni oborotga kiritib soya yetishtirilib, qayta ishlanadi.