Bugungi kunda yoshlar bilan tizimli ishlash, ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻrgatish orqali oʻzini-oʻzi bandligini taʼminlash borasida Gʻuzor tumanida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Kuni kecha tumanda “SUNBULA” kasb-hunar oʻquv markazi ish faoliyatini boshladi.

— Yaqinda “SUNBULA LUXE TOURIZM” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklida yoshlar va xotin–qizlarni tadbirkorlik hamda kasb-hunarga oʻrgatish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestriga kiritildi, —deydi oʻquv markazi rahbari Dilafroʻz Muhammadiyeva. — Hozirgi kunda oʻkuv markazimizda 20 nafar yoshlar va xotin-qizlar uy hamshiraligi yoʻnalishi boʻyicha sertifikat oldi.