Loyiha qiymati 3 million AQSH dollarini tashkil etgan mazkur korxona faoliyat boshlashi ortidan  150 nafar ishsiz yoshlarning bandligi ta'minlandi. 
Korxonada yiliga 10 million dollarlik qurilish mollari ishlab chiqarilishi ko'zda tutilgan bo'lib, Rossiya Federasiyasi, Qozog'iston va MDH davlatlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

— Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan yuzma- yuz uchrashgani bizga katta kuch berdi, — deydi korxona rahbari Avzalbek Mo'minov. —Muammolarimiz ochiq aytildi, yanada ko'plab imtiyozlar taqdim etiladigan bo'ldi. Albatta, bu katta ishonch, mas'uliyat. Yanada ko'proq ishlashimizga motivasiya bo'ldi, desam adashmayman. Korxonamiz bu bilan to'xtab qolmaydi, faoliyatimizni kengaytirish ustida ish olib boramiz.