Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanida 300 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stantsiyasi va 63 MVt/125 MVt.s (2 soat davomida soatiga 63 MVt quvvat beradigan) energiya saqlash batareya stantsiyasini bunyod etilishi belgilangan edi. Stantsiya qurilishini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xususiy investor tomonidan amalga oshirishilishi uchun Osiyo taraqqiyot bankining texnik ko'magida investor tanlovi boshlangan, deb xabar berdi energetika vazirligi.
Tanlovning birinchi bosqichida investorlar tajriba va pul resurslari mavjudligi shartlaridan o'tishi kerak edi. Tanlovning birinchi bosqichiga kelib tushgan 12 ta arizadan 8 tasi tender komissiyasi tomonidan minimal shartlarga javob berdi, deb topildi.
Ma'lumot uchun, Tender kommissiyasi energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbarlari va xodimlaridan tashkil topgan.
Quyidagi kompaniyalar va kompaniyalar konsortsiumlari tanlovning keyingi bosqichiga o'tdi (alifbo tartibida):
1. Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar (Birlashgan Arab Amirliklari)
2. ACWA Power Company (Saudiya Arabistoni)
3. China Huadian Engineering Co. Ltd. (Xitoy) va Universal Energy Co. Ltd. (Xitoy) kompaniyalari korsortsiumi
4. Concord New Energy Group Limited (Xitoy)
5. GD Power Development Co. Ltd. (Xitoy) va PowerChina International Group Limited (Xitoy) kompaniyalari korsortsiumi
6. Jinko Power (HK) Company Limited (Xitoy)
7. ReNew Solar Power Private Limited (Hindiston) va Ajlan & Bros Energy Company (Saudiya Arabistoni) kompaniyalari korsortsiumi
8. VPE Fund I LP (Birlashgan Arab Amirliklari), Helios Mech Pte. Ltd. (Singapur) va LLC Solar System (Rossiya).