Tadbirda Gʻuzor tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 43-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Oʻ.I shu maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlab kelayotgan A.Mga dars soati qoʻshib berish evaziga undan 200 AQSH dollari va 230 ming soʻm pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Oʻ.Iga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning Gʻuzor tumani boʻlimi boshligʻi Dilshod Alimov maʼlum qildi, deb yozadi tuman hokimligi axborot xizmati.