Tuman hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Qorakamar qishlog'ida yashovchi Bolta bobo Xoliqov o'z xonadonida uy kutubxona tashkil etdi.

Uy kutubxona fondida 2300 ta kitob o'rin olgan. 2000 ta o'zbek adabiyoti namunalari va 300 dan ortiq chet el adabiyoti durdonalari qishloq ahlining kitobxonlik madaniyati oshishi, yosh avlodning tafakkur va ma'naviy olami kengayishiga xizmat qilmoqda.

Bolta boboning aytishicha, bu kitoblarni maktabda o'qib yurgan vaqtidan boshlab yig'ib borgan. Bugun undan barcha bahramand bo'lishini istaydi. 

— Kitob o'qish ham mehnat, unga bog'langan ko'ngil esa qing'irliklardan yiroq bo'ladi, — deydi Bolta bobo.