“Shunchaki OAVni oʻqing, ular Husanovni qanday maqtayotganini koʻrasiz! Ular haq! U — top darajadagi futbolchi! Hech qanday eʼtirozimiz yoʻq. Oxirgi oʻyinda ham avvalgi oʻyinda boʻlgani kabi ajoyib oʻynadi. Biz juda mamnunmiz! — deydi murabbiy. — Ayniqsa, «Arsenal”ga qarshi oʻyindan soʻng bir oy maydonga tushmaganiga qanday reaksiya bildirgani...
Oʻshanda uning mashgʻulotlarda qanday ter toʻkkanini, kiyinish xonasida oʻzini qanday tutganini siz tasavvur ham qila olmaysiz — bu Husanovning qay darajada ekanini koʻrsatib beradi. Men odatda futbolchilar qiyin vaziyatga tushib qolganda oʻzini qanday tutishiga qarab baho beraman...
Ishonchim komilki, Oʻzbekistonda u ota-onasidan aʼlo darajada tarbiya olgan. U Fransiyada atigi bir necha oy boʻlib, keyin darhol “Man Siti”ga, Premyer-ligaga tushib qoldi. Bunday keskin oʻzgarishlarga moslashish oson kechmaydi. Lekin u toʻxtab qolmadi: tingladi, oʻrgandi va, albatta, buning natijasida jismoniy holati juda aʼlo darajaga chiqdi. “Manchester Siti” uzoq-uzoq yillar davomida eng top darajadagi markaziy himoyachiga ega boʻldi.