Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va maydonda toʻliq harakat qildi. SofaScore tahliliy portali talqiniga koʻra, oʻzbekistonlik himoyachi 7,1 ball oldi.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola oʻyindan soʻng yosh futbolchilar — Maks Alleyn va oʻzbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanovning oʻyinini alohida eʼtirof etdi.
murabbiy oʻyindan keyin yosh himoyachilarning harakatlarini yuqori baholadi.
"Himoyachilar juda yaxshi oʻynashdi. Abduqodir shunchaki fantastik harakat qildi. Uning uzun paslari bizga katta yordam berdi, u butun maydonni nazorat qildi. U hali oʻsadi. U tez-tez hujum uyushtirishda ishtirok etishi kerak - bu faqat vaqt masalasi. Bugun u oʻyinning eng yaxshi futbolchisi boʻldi. Afsuski, biz gʻalaba qozona olmadik, ammo gʻalabalarimiz hali oldinda," - dedi Gvardiola.
Gvardiola jamoa gʻalaba qozona olmaganidan afsus bildirgan boʻlsa-da, yosh futbolchilarni katta kelajak kutayotganini taʼkidlagan.