Habibning kiyimi qancha layk to‘pladi?

    Habib Nurmugamedovning yurtimiz gerbi tushirilgan futbolkadagi surati bir milliondan ortiq odamga yoqdi.

    Ushbu surat bir necha soat ichida bir milliondan ziyodroq "layk" va 18 mingga yaqin izoh to‘plashga ulgurdi.

    “Savollar har doim bo‘ladi, ular kam emas. Еng asosiysi, ularning javobini bilishing, xomhayollar miyangga o‘rnashib qolishi mumkin. Jangga 80 kun qoldi”, — deya sharh yozgan Habib surat ostida.

    Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasi doirasida 24 oktabr kuni Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

    Еslatib o‘tamiz, rossiyalik yakkakurashchi Habib Nurmagomedov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi taklifi bilan GFC 20 musobaqasining faxriy mehmoni bo‘lgan edi.