Unda keltirilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-martda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 12-13-martda 0-5 daraja iliq kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 11-martda 13-18 daraja iliq, 12-13-martda 15-20 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 11-12-martda 13-18 daraja iliq, 13-martda 15-20 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, 11-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 12-13-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11-martda 15-20 daraja iliq, 12-13-martda 18-23 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-12-martda 13-18 daraja iliq, 13-martda 15-20 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari;

havo biroz bulutli boʻladi, 11-12-martda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 13-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. 11-martda Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12-martda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 13-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.