Oqibatda 12-14 dekabr kunlari respublikamiz hududlarida vaqti-vaqti bilan yog'ingarchiliklar (yomg'ir qorga aylanadi) bo'ladi. Hatto tog'larda qalin qor yog'ishi mumkinligi aytilmoqda. Shuningdek, tog'li hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkinligidan ogohlantirilmoqda.

“Qamchiqavtoyo'l” ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi Ichki ishlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va boshqa ixtisoslashtirilgan xizmatlar bilan hamkorlikda bo'lishi kutilayotgan noqulay ob-havo oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko'rgan.

Yuqorida qayd etilgan kunlarda dovon yo'liga otlanishni reja qilgan haydovchilarga barcha xavfsizlik choralarini ko'rib, safarga chiqishlari tavsiya qilinadi.