Unga koʻra, shu yilning 24-27-fevral kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.

— 24-27-fevral kunlari respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik, baʼzi joylarda kuchli (yomgʻir yogʻadi, 25-27-fevralda qorga aylanadi) boʻladi. Shimolda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi.

— Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

— 26-27-fevral kunlariga kelib, havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Oʻzgidromet” agentligi 21-23-fevral kunlari havo xarorati Respublika boʻylab juda iliq boʻlishini maʼlum qilgandi