21-dekabrda respublika hududining katta qismida ob-havo sharoiti saqlanib turadi, faqat shimoliy hududlarga kunduz kuni va janubi-gʻarbiy hududlarga kechga tomon Kavkaz hududlaridan antitsiklon kirib kelishi boshlanadi, ushbu hududlarning baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi. Havo harorati kechasi 0-5° iliq atrofida boʻladi, kunduz kuni 15-18° iliqqacha koʻtariladi, shimolda 7-12° iliqdan yuqori boʻlmaydi.

22-dekabrda kirib kelish sharqqa tomon siljiydi, hududning katta qismida kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik yomgʻir va qor koʻrinishida boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Shimoliy va shimoli-gʻarbiy hududlarda yomgʻir toʻxtaydi. Havo harorati kechasi 4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

21-22-dekabrda sovuq havo kirib kelishida respublika boʻyicha shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

23-24-dekabrda hududlarning katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat respublikaning shimolida ob-havo sharoiti yana oʻzgaradi, ushbu hududlarga Volga boʻyi hududlaridan antitsiklon kirib keladi. Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi. Havo harorati kechalari 0-5° iliq, kunduzi 23-dekabrda 8-13° iliq atrofida boʻladi, 24-dekabrda respublika boʻyicha 5-10° iliqni tashkil etadi, shimolda esa 0-5° iliqgacha pasayadi.

Hafta davomida respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.