Oʻtgan yakshanba kuni havo harorati kunduzi 27-30 daraja, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 31-33 daraja, Surxondaryo viloyatida 34-36 daraja atrofida boʻldi.
Bugundan boshlab salqin havo respublikamiz hududidan chekina boshlaydi, havo harorati asta-sekin koʻtariladi, lekin ish haftasining oxirigacha nisbatan qulay boʻladi. Kunduz kunlari havo 30-35 darajagacha, baʼzi joylarda 37 darajagacha isiydi.
Ushbu kunlarda asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Sharqiy yoʻnalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: havo kam bulutli boʻladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 18-21 daraja kunduz kunlari 32-35 daraja boʻladi.