Hafta davomida harorat asta-sekin pasayadi

    Mamlakatimizda 26 Iyul 2021 809

    Bugun Oʻzbekistonda kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduz kunlari 41-44° ni, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 45-46° gachani tashkil etadi.

    Ertadan boshlab respublikaning shimoliy hududlariga gʻarbiy Qozogʻiston orqali Volga boʻyi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi, janubi-sharqiy hududlarda nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati biroz pasayadi va 37-40°, baʼzi joylarda janubda 42° gacha, shimolda 34-37° atrofida boʻladi.

    Keyingi kunlarda salqin havo massasi respublikaning barcha hududiga tarqaladi. Hafta davomida harorat asta-sekin pasayadi va juma kuniga kelib 33-35° ni tashkil etadi va meʼyoriy qiymatlarga yaqinlashadi, baʼzi hududlarda esa iyul oyi oxiri uchun boʻlgan oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 2-3° past boʻladi.

    Bugun va ertaga respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim hududlarda changli boʻron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazi.