Tekislik hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida keyingi ikki kun ichida (dushanba va seshanba) kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ushbu davr davomida havo harorati kechalari 16-21°, kunduz kunlari 30-35°, janubda 36-39° atrofida bo‘ladi, bu iyun oyi so‘nggi o‘n kunligining me'yoriy harorat qiymatlariga yaqindir.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda ayrim kunlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, deb xabar beradi O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.