Harorat kechalari +10...+13 daraja atrofida, baʼzi joylarda +15 darajagacha, kunduz kunlari +25...+28 daraja, janubda +30...+33 darajagacha boʻladi, bu oʻrtacha iqlim meʼyoridan yuqoridir.

13−14-oktyabr kunlari shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechasi +10…+13 , kunduzi +25…+28 daraja boʻladi.