Bugun, 13-mart sanasida kunduzi havo isiy boshlaydi va haftaning oʻrtasiga kelib, kunduzgi havo harorati +22-25 ga yetadi, janubda baʼzi joylarda +26-28 gacha boʻladi.
Haftaning ikkinchi yarmida Qozogʻiston boʻyicha oʻtayotgan antisiklon respublika hududi boʻyicha kunduzgi havo haroratini +18-20 gacha biroz pasaytiradi.
15—16-mart kunlari respublikamizning shimoliy va choʻl hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 13—15-martda respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.
Poytaxtda bugun kunduzi va hafta oxirigacha havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yoʻnalishda oʻrtacha tezlikda esadi. Havo harorati asosan +18-22 iliq boʻladi.