Respublika hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunduzi baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati 19-24o atrofida boʻladi. Hafta oʻrtasida havo oʻzgaradi.

8 noyabrda Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. 8 noyabrda hududning katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 9 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli yomgʻir yogʻadi. Baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

10 noyabrda respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi.

8-10 noyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

8-9 noyabrda harorat 13-18o iliqqacha asta-sekin pasayadi, 10 noyabrda 15-20o iliq boʻladi. 10 noyabrga kelib, harorat kechasi 3-6o iliqqacha pasayadi.

Poytaxtimizda: 6-7 noyabr kunlari havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 20-23o iliq boʻladi.

8 noyabrda kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. 9 noyabrda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. 10 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi.

8-9 noyabrda harorat 14-16o iliqqacha asta-sekin pasayadi, 10 noyabrda 16-18o iliq boʻladi. 10 noyabrga harorat kechasi 3-6o iliqqacha pasayadi.