Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, Respublika shimolida va choʻl hududlarida baʼzi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkun.
Respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 23-25° dan oshmaydi.
Keyingi kunlarda, ish haftasining oxirigacha antitsiklon periferiyasi kuchsizlanishi kutilmoqda.
Respublika boʻyicha qulay, quruq va iliq ob-havo sharoiti boʻlishi kutilmoqda.
Kechalari havo 7-10° atrofida salqin boʻladi, kunduz kunlari esa 25-28° gacha asta-sekin isiydi, bu oʻrtacha iqlimiy meʼyorlardan biroz yuqoridir.