Ertaga 12-mart kuni respublikaning koʻpchilik viloyatlarida yomgʻir yogʻadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.
11-12-mart kunlari respubliknaing ayrim joylarida momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Chorshanba 13-mart kuni yomgʻir yogʻadi, yomgʻir asosan faqat kechasi va ertalab kuzatiladi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni ham yomgʻir yogʻishi mumkin.
14-martda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida jadalligi asosan biroz boʻlgan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor. Respublika shimolida va janubida yogʻingarchilik kutilmaydi.
13-14-mart kunlari respublika hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi va 14-martga kelib, havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.
15-martda respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchilik kutimaydi. Havo harorati 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12-martda baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi.
Poytaxtda: bugun kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 17-19 daraja iliq boʻladi.
Ertaga 12-martda yomgʻir yogʻadi. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq boʻladi.
13-14-martda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 14-martda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Harorat kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq boʻladi.
15-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.