Bugun va ertaga respublikamiz sovuq antitsiklon taʼsiri ostida boʻladi. Sovuq havo asosan tungi haroratga taʼsir qilib, 2-5° iliqni tashkil etadi. Kunduz kuni quyosh havoni 18-20° iliqqacha isitadi.
Hafta oʻrtasidan havo harorati asta-sekin koʻtarila boshlaydi va oktyabr oyi oʻrtalari uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlarga yetadi, yaʼni kechalari 6-9° iliq, kunduz kunlari 20-23° iliq atrofida, janubda 25° iliqqacha boʻladi.
Hafta davomida yogʻingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli boʻladi. 12-13-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.